Yangiliklar

Xabar
4-Avgust, 2022-yil

 

 

4 avgust kuni Toshkent shahrida “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etishning dolzarb masalalari” mavzuida Yosh sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XVIII an’anaviy xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Islom hamkorligi tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA), O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Ikki kun davom etadigan anjumanda qadimiy yozma manbalarni markazlashgan holda saqlash, tadqiq etish, ularning holatini doimiy monitoring qilish bo‘yicha, barcha muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarning davlat reyestrini tuzish va doimiy monitoringini yuritishga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Konferensiyada Markaz rahbari Sh.Minovarov hamda ilmiy xodimlar faol ishtirok etishmoqda. Shuningdek, konferensiyada islomshunoslik, manbashunoslik va matnshunoslik sohalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, xorijiy davlatlardan ma’ruzachilar, tadqiqotchilar, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar ham ishtirok etishmoqda.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati