Yangiliklar

"Abu Ali ibn Sino merosi: Sharq va G‘arb olimlari nigohida" mavzuidagi xalqaro konferensiya
16-Avgust, 2022-yil

16 avgust kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Ibn Sino jamoat fondi Islom hamkorligi tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Abu Ali ibn Sino merosi: Sharq va G‘arb olimlari nigohida” mavzuidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Xalqaro konferensiyada Eron, Turkiya, Misr, Germaniya, Hindiston, Isroil, Koreya, Tojikiston, Qirg‘izistondan hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va “Milliy Tiklanish” partiyasi, ularning hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari vakillari Abu Ali ibn Sinoning o‘rta asrlar islom olamida tibbiyot va unga bog‘liq fanlar ravnaqiga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlarni mujassam etgan ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar buyuk alloma Ibn Sinoning jahon fani tarixida qomusiy olim sifatida tibbiyot, tabiat, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag‘ishlangan dunyoda mashhur bo‘lgan ilmiy merosi, Sharq va G‘arb mamlakatlari halqlarining ilm fani rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligiga oid ilmiy mulohazalar muhokama qilindi, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Xalqaro konferensiya onlayn va oflayn shaklda tashkil etildi.


O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Matbuot xizmati