Islom sivilizatsiyasi markazining O‘zbekiston Respublikasining viloyatlari bo‘ylab "Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans poydevori" shiori ostida taqdimoti tadbirlari Namangan viloyatida o‘tkazildi. Markaz xodimlari bugun Namangan davlat universiteti tarix fakulteti va Namangan o‘rta maxsus diniy o‘quv yurti talabalari hamda ustozlari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Rahbari Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent shahrida qad rostlayotgan Markaziy Osiyoda eng mahobatli binoda joylashadigan ilmiy-ma’rifiy markaz, uning maqsad va vazifalari to‘g‘risida aytib berdilar. Yig‘ilganlarga Islom sivilizatsiyasi markazi to‘g‘risida taqdimot filmi namoyish qilindi

Talabalarga kitob jamlamalari sovg‘a qilindi.

Uchrashuvlarda Markazning ilmiy va kutubxona xodimlaridan tashqari yetakchi xattotlari ham qatnashmoqdalar va xalqimizning unutilayozgan san’ati - xattotlikdan mahorat darslarini namoyish qilmoqdalar. Navbatdagi taqdimot tadbiri Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi.
