28 aprel kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining birinchi chorakda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosi borasida amalga oshirgan ishlari haqida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Milliy matbuot markazi hamkorligida tashkil etildi. Unda Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilariga markazning Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha 2022 yil birinchi chorakda amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari haqida markaz direktori Sh. Minovarov batafsil ma’lumot taqdim etdi.
Matbuot anjumani yakunida OAV vakillari, jurnalistlar bilan savol – javoblar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
matbuot xizmati