Bugun Toshkentdagi “International” mehmonxonasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forumda ShHTga a’zo davlatlar parlamentlari, xalqaro tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, ilmiy-tahlil markazlari vakillaridan iborat 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda. Forum O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Norboyeva, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, ShHTning yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha Xitoy qo‘mitasi raisi Shen Yueyue va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norovning qutlov murojaatlari bilan o‘z ishini boshladi.

Forum yakunlari bo‘yicha ShHT xalq diplomatiyasining Toshkent kommyunikesi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Forum ishida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi vakillari ishtirok etmoqdalar.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
matbuot xizmati