Imom Termiziy
754

Tarjimai hol

Abu Iso Muhammad Termiziy 824-yilda Termiz shahrining Bug‘ qishlog‘i (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani)da tug‘ilgan. Butun hayoti va faoliyati Termiz shahri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligidan Imom Termiziy nomi bilan tanilgan. 
Imom Termiziy yoshligidanoq Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida mashhur ulamolar va muhaddislar asarlarini qunt bilan o‘rgandi. Keyinchalik Balx va Hayraton shaharlaridagi  ilm ahllari bilan hamkorlik qildi.
Imom Termiziy 26 yoshidan boshlab Makka va Madina, Iroq, Xuroson shaharlarida safarlarda bo‘lib, muhaddislar, ulamolardan tahsil oldi, ilmiy majlislarda ishtirok etdi. U o‘z davrining  mashhur muhaddislari: Imom Buxoriy, Abdulhamid Keshiy, Imom Muslim ibn Hajjoj, Abu Dovud, Qutayba ibn Saidlardan tahsil oldi. 
U o‘nlab ilmiy asarlar yaratdi. Ularning orasida ishonchli hadislar to‘plami “Al-Jome’”  asari katta ahamiyatga ega. Ushbu asar “Sunanu Termiziy” deb ham yuritiladi. Asarning afzalligi uning oddiy, tushunarli tilda bayon qilingani va har bir kishi undan bemalol foydalana olishidadir. 
Islom ulamolari Imom Termiziyning nomini Imom Buxoriy bilan yonma-yon qo‘yadilar. Ikki alloma bir-birlarini taniganlar va muhaddislik bobida xizmatlarini o‘zaro e’tirof etganlar.
Imom Termiziyning Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani hududida joylashgan maqbarasi mustaqilligimiz sharofati bilan batamom qayta qurilib, allomaning yuksak maqomiga munosib zamonaviy, go‘zal va muhtasham yodgorlik majmuasi barpo etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qarori bilan 2019 yilda Termiz shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat ko‘rsata boshladi.

Filmlar

Imom Abu Iso Muhammad Termiziy

Imom Termiziy haqlarida

Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohi

  • «
  • 1
  • »

Audioplayer

Imom Termiziy hayoti haqida

  • «
  • 1
  • »

Fotogalareya

Elektron kitoblar nusxasi

  Hakim Termiziy