Hakim Termiziy
876

Tarjimai hol

Hakim Termiziy 820 yilda tug‘ilgan. Onasidan erta, 8 yoshda yetim qolgan. Otasi uning tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanib, diniy va aniq ilmlarni o‘rgatadi. 
A.Navoiy “Nasoyimul muhabbat” asarida Hakim Termiziyning botiniy va zohiriy bilimlarga doir ko‘p kitoblar yozgani hamda Abuturob Naxshabiy, Ahmad Xazraviya va Ibni Jalollar bilan hamsuhbat bo‘lgani haqida batafsil ma’lumot bergan. U hadis ilmini Abu Muhammad Siddiq Solih ibni Muhammad ibni Nasr Termiziy, Solih ibni Abdulloh Termiziylardan o‘rganadi.
Haj safari davrida Hakim Termiziy Nishopur,  Bag‘dod, Misr, Makka va Madinada,  Shomda bo‘lib, o‘sha davrning yirik allomalari bilan ilmiy bahs va munozaralarda ishtirok etadi.
Hakim Termiziy ilm-fanning turli sohalarida mashhur bo‘lgani uchun  uni zamondoshlari “al-Hakim” deb ulug‘lashgan.
O‘z vataniga qaytgach, u muttasil ijod bilan shug‘ullanadi. 
Misrlik olim shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning dalolat berishicha, Hakim Termiziy 400 dan ortiq  asarlar yozgan bo‘lib, ularning 60 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Ularning orasida hadislarga bag‘ishlangan “Navodirul-usul fi  ma’rifat axbori Rasul” (“Rasululloh xabarlarini bilishda noyob usullar”) kitobi alohida o‘rin tutadi. Keyingi ikki “Kitob haqiqatu-l-odamiya” (“Insoniyat haqiqati to‘g‘risida kitob”) va “Adabu-n-nafs” (“Nafs odobi”) risolalari falsafa va so‘fiylikka oid asarlardir. 
Hakim Termiziy yaratgan ko‘plab asarlar Damashqdagi Zohiriya, Misrdagi Iskandariya, London, Parij kabi yirik shaharlarning Milliy kutubxonalarida saqlanib kelmoqda.  Bizning yurtimizdagi Milliy kutubxona, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham Hakim Termiziy asarlari qo‘lyozmalari saqlanadi.
Hakim Termiziy o‘z asarlarida jamiyat manfaatini himoya qilish, inson kamolotini ko‘zlash, uni sharaflash bosh masala ekani va bu mavzu barcha zamonlar uchun dolzarb ekanini ta’kidlaydi. Alloma 869 - yilda vafot etgan. Uning maqbarasi Amudaryo sohilida, Termiz shahri yaqinida joylashgan.

Hakim Termiziy ijodidan:

Debdur, shukr qalbni ne’mat sohibi Allohga bag‘ishlashdir.
Debdur, Izhor boshqalarning nasibasini o‘zingnikidan ortiq ko‘rmog‘ingdir.
Debdur, yuz shaytonning odamga qiladigan yomonligidan, nafsning odamga qiladigan fasodi yomonroqdir.
Debdur, yo‘lning nihoyati va intihosi bo‘ladi, lekin ko‘ngilning yo‘li benihoyat va bag‘oyatdir.
Debdur, ozod ul kishidurlarki, hech bandadin hech nimani ta’ma qilmaydi.

Filmlar

Al-Hakim At-Termiziyning "Qaytarilgan amallar" asari tarixi

Muhammad Hakim Termiziy me’moriy majmuasi haqida

Al Hakim At-Termiziy ziyoratgohi

  • «
  • 1
  • »

Audioplayer

Hakim Termiziy

  • «
  • 1
  • »

Fotogalareya

Elektron kitoblar nusxasi

  Hakim Termiziy